Hamyurtimiz to‘p tepayotgan jamoa Moskvada g‘alaba qozondi

  • 12 sentabr, 2021, 22:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz oldin RPL 7-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Nijniy Novgorod" bahsi o‘z yakuniga etdi. 

Hamyurtimiz to‘p tepayotgan "Nijniy Novgorod" jamoasi mazkur o‘yinda "Dinamo"ni safarda mag‘lub etdi. Hisob 1-2. 

Tecno

Bellashuvning 13-daqiqasida Makarov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 75-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda, Gorbunov hisobni tenglashtirdi. 83-daqiqada esa kutilmaganda Kalinskiy gol urib, o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi va hisob o‘yin yakuniga qadar boshqa o‘zgarmadi. 

Eslatib o‘tamiz, bu bahsda Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 75 daqiqa harakat qildi va o‘z hisobiga samarali harakat yozdirib qo‘ya olmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!