Hamma to‘y bilan, bo‘ri qo‘y bilan, yohud poytaxt klubi futbolchilari o‘z o‘yinlariga stavka qilgan(mi)?

  • 4 sentabr, 2022, 23:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 12
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina SPORTS.uz'ning elektron pochtasiga nomdor bukmekerlik kompaniyasidan xat kelib tushdi. Unga ko‘ra, "Lokomotiv" jamoasining ikki o‘yini shubha ostiga olingan va tashkilot bu borada FIFAga ariza yozmoqchi ekanligini ma’lum qilgan. Quyida ushbu xat va uning tarjimasini taqdim etamiz:

Tecno

"Men Osiyo bukmekerlik kompaniyasining o‘yinlar bo‘yicha rasmiy inspektoriman. Kuzatuvlarimizdan so‘ng men o‘zbek klubi bilan muammo (Toshkentning "Lokomotiv" klubi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan) borligini aniqladim. Bu 100 foiz aniq va tasdiqlangan. Bahs natijasini sun’iylashtirib, ularni bukmekerlik kompaniyasiga sotuvchi osiyolik dallolga etkazib turishgan.

Biz barcha transaktsiyalarning isbotini olamiz.
Iltimos quyidagilarni tekshiring,

1. 10 avgust, 2022 yil (AGMK va "Lokomotiv")

2. 17 iyun, 2022 yil ("Lokomotiv" va "So‘g‘diyona")

3. tikishlar qayd etilgan rasmlar;

4. O‘yinchilarning totalizator videosi;

5. Raqiblarning videoyozuvi.

O‘zbekiston klubida doirasidagi uchrashuvda 100 foiz muammo bor. Futbolchi va vositachilarning dastlabki so‘rovlari orqali har bir jamoada 5 tadan kelishilgan o‘yinda ishtirok etgan o‘yinchi bor, natija ham kelishilgan. Biz texnik qo‘shimchalarni o‘rganib chiqdik va transaktsiya yozuvlari, chat yozuvlari, rasmlar, o‘yinchilarning stavkalash miqdori shuningdek, g‘ayritabiiy ko‘rsatkichlar va kompaniyadagi o‘zgarishlarni aniqladik. Kompyuter o‘yin oldidan g‘ayritabiiy ko‘rsatkichlarni belgilagan va stavkachilarni qattiq ogohlantirgan.

Jamoa o‘z natijalarini yaxshilash uchun bir qancha o‘yinlarda qatnashgan. Biz yanada ko‘proq dalillarni FIFA uchun saqlab qolamiz va o‘zbek hukumati, rasmiylar, jurnalistlar, organ xodimlari, o‘yinchilar, jamoa prezidentlari va murabbiylardan barcha aniqlangan shaxslarni ustidan o‘rganish olib borishini so‘raymiz. Bizning kompaniya dalillarni xalqaro politsiyaga ko‘rsatadi va e’lon qiladi (Biz ushbu xabarni o‘zbek rasmiylariga ham yuboramiz)."

SPORTS.uz bilan bog‘langan shaxslar o‘z ma’lumoti to‘g‘ri ekanligini isbotlash maqsadida quyidagi skrinshotlarni taqdim etdi. O‘quvchilarimiz uchun qulayroq bo‘lishi uchun, ushbu suratlarda aks etgan dialoglarni o‘zbek tiliga o‘girib e’tiboringizga havola etamiz.

- Juda yomon. Jin ursin!

- Birga ishlaymizmi yoki yo‘qmi? Ishaymiz, deb ayt menga. Ammo o‘tgan safargidek boshlama. Men senga o‘zim xabar beraman.
- Xo‘p. Men garov tikdim.

photo_2022-09-04_23-42-18

- Ishlaymizmi?
- Ha, ishlaymiz.

- Xo‘p.
- Xabarimni kut

- SMS boradi
- Tezroq bo‘l. Ozroq to‘xtalish bo‘ladi. So‘ng SMS yuborishim kerak. U buni ko‘rishi kerak

photo_2022-09-04_23-43-12

- Xo‘p.
- Ishlaymiz a?

E.K: - Ular 8 minut avval ishga kirishgan. Hozir barcha futbolchilar asabiylashyapti. Ular sardor Kaxidan pul talab qilmoqda. Shuningdek, ular butun mavsum ishlab kelishni istashmoqda. Sababi, hozir klubda pul bor.

Toni: - Bu futbolchilar mendan pul so‘ramoqda. Ularga nima deb javob beray?

E’tiborlisi shundaki, ushbu suratlarda "Lokomotiv" jamoasining bir nechta futbolchisi tomonidan "Sug‘diyona" bilan o‘yinga  "stavka qilingan". Bahs yakunida esa, "Loko"ning mag‘lubiyati va "temiryo‘lchilar" legionerining qizil kartochkasiga guvoh bo‘ldik.

photo_2022-09-04_23-42-21

6 rasm (1)

 

Bukmekerlik kompaniyasi tomonidan berilgan ma’lumotlar qanchalar shubhali bo‘lsa, ularning so‘zlari o‘z isbotini topgani ham shu darajada insonni o‘ylantirib qo‘yadi. Bu muammoli vaziyatda Kaxi Maxaradzening aralashib qolgani esa, tez orada "Loko" futbolchisi vaziyatga oydinlik kiritishi shart ekanligini talab qiladi. Narigi tomondagi BK xodimi istalgan vaziyatda "temiryo‘lchilar"ning ikki bellashuvida ayrim futbolchilar o‘yindagi qaysidir aspektlarga pul tikkanini isbotlab berishga tayyor ekanligini aytmoqda. Xo‘sh, "Lokomotiv" klubi va uning sardori bunga qanday argument keltiradi? Biz bir tomonining iddaosini eshitdik. Agar so‘zlamoqchi bo‘lsa, narigi tomonga ham minbar berishga tayyormiz!

photo_2022-09-04_23-42-19

Norboy muallim o‘zbek futbolidagi eng og‘riqli muammolarni taqdim etishni boshlaganidan xabaringiz bor. Bir necha kun avval, barcha yolg‘onchiga chiqargan Ro‘ziqul Berdiev bilan eksklyuziv intervyu uyushtirgan edi. Endi, "Loko" futbolchilari borasida bukmekerlik kompaniyasi tomonidan taqdim qilinayotgan faktlarni e’tiboringizga taqdim etdi. Qadrli futbolimizga befarq bo‘lmagan insonlar, unutmang, Norboy Muallim bor ekan, yopiq qozonlar yopiqligicha qolib ketmaydi.

P.S: Bu tashqi manbadan kelgan ish keyinchalik futbolimiz zarariga ishlamasligi uchun O‘zPFL va O‘FAdan bu masalani chuqur tekshiruvdan o‘tkazishini so‘raymiz!

Norboy Muallim

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulla Hikmatov
04/09/2022 23:43
SPORTS.uz yangi darajaga chiqib boryapti
Ikrom Xasanov
04/09/2022 23:47
Lokomotivni Pro Ligaga badarga qilib u bilan olingan barcha ochkolar minus qilib tashlab, 2-tomon jamoalarini tekshirib ulargayam jazo tayinlash shart. Революция мои братья, революция !!!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
04/09/2022 23:43
Norboy muallim. shu Ravshan Ermatovdan suhbat uyishtering iloji bulsa. onlayin qiling. oldindan ogohlantering muhlisla savol bersin. uzi Ish fazifasidan tortib utirganidan beri nima ish qilganicha hisobat bersin. sudiyala gapermasa ham buladi. kutiga urdi. uzi sudiya ham teksherish kerak. ayrimlari tatalga uynagan bulishi ham mumkin
Dmitrij Popow
05/09/2022 10:01
"Бу ташқи манбадан келган иш кейинчалик футболимиз зарарига ишламаслиги учун ЎзПФЛ ва ЎФАдан бу масалани чуқур текширувдан ўтказишини сўраймиз!"
-------
Как раз вот это бесполезно! Потому что АФУ и ПФЛ и есть тот спрут, сердцевина бардака, от которой тянутся щупальцы во все стороны. В том числе в судейство, так как АФУ возглавляет бывший судья Ирматов. Он с ними ест из одной тарелки, повязан по делам, поэтому поговорка "ворон ворону глаз не выклюет" как раз сюда подходит. // К сожалению, высший руководитель АФУ А.Азизов очень плотно занят на геополитическом уровне, ему натурально не до футбола сейчас: вот поэтому те беспредельщики и наглеют, творят и вытворяют, суют в рот уже не 10 пальцев, а все 20! И чтобы всё исправить, нужно выгонять ВСЮ АФУ и ВСЮ ПФЛ, открыть уголовные дела и пересажать показательно всех виновных. Назначить новых людей ИЗ ФУТБОЛА, а не неудачников журналистов, которые подтянут свою кодлу на ответственные места. И не бывшего судью, который по-прежнему заодно со своими подельниками-беспредельниками и никогда не сможет упрекнуть их ни в чём, потому что САМ ТАКОЙ.
&
Турсунов Рамазон
05/09/2022 08:03
Буни учун ПФЛ Диёр жавоб бериш керак.Качонгача Узбек футболи устидан кулишади.Айибдорни каттик жазога тортиш керак.ПФЛ Рузикулга тармашгунча узингни йигиб ол.Оркангни тозала.Футбол качон ривожланади.Мухлислани асабини синама.Рузикулга ухшаган мутахасисни ковлагунча узингни оркангни тозала.Охир окибат мухлислар ФИФАга мурожат килишимиз колди.Агар Рузига жазо кулласан мухлислар кахрига учрайсан Диёр кузингни каттарок оч. ОЛЛОХ сендан рози булсин.
Myelin SheathXD
05/09/2022 03:47
Agarda bu togriligini oyinchilarning ozlari tan olsagina qattiq chora korish kerak.
Bolmasa Lokomotive baribir yutqazadi bunaqa kuchli jamolar bilan oynaganda.

Qaysidir bukmeker kampaniyasi, yoki chetdagi odamning shunchaki nazari bilan 100 foiz ayblov qoyish ham notogri
Umid Khaydarov
05/09/2022 00:22
Kurasizlar, bu yerda faqat loko aybdor qilib kursatilib 1-ligaga tushurilib yuboriladi. Qolganlar oppoq har doimgidek.
Umid Khaydarov
05/09/2022 00:18
Championat.asiadan 1000 marta yahshi sports.uz
&
Muhiddin
05/09/2022 00:09
Sport.uz N 1 илтимос шу нарсаларни тагига етинглар. Бу ишларингда сизларга куч қувват тилаб қоламиз
&
Yusupov Ibrohim
05/09/2022 00:01
Xaromxórlik tóxtamaydi,unga qarshi kurash ham tóxtamasligi kerak.Aybdorlarni ommaga e'lon qilib butun umrga chetlatish kerak.Bir,ikki yildan keyin kechirish emas,BUTUN UMRGA.
&
Ollamurod
06/09/2022 18:47
Nima bulgan
Baxil Alihuja
05/09/2022 10:39
Узбекистонда футболни ривожига, таълим ва согликни саклашга жавобгар бу президентни маслахатчиси Абдужаббор Абдувахитов алайхилаъна эди!!! Мен бу махлук билан сухбатлашганимда Узбекистонда тотализатор килиш хакида фикримни сураб, шу борада бирга ишлашни таклиф килганди. Айнан шу махлук таълим вазирларини, спорт ва олимпия кумитаси рахбарларини тайинлайди. УФА ни йигилишларида доимо катнашиб туради. Расмларни куриб борсангиз, ишонч хосил киласиз. Бошка барча ходимлар 1тийин эди. УФА ни хамма рахбарлари шу ифлосни тасдигидан сунг тайинланган. У ишдан кетди.