
Gyuler nima uchun "Barsa"ga emas "Real"ga o‘tganini aytdi
"Real" Madrid yarim himoyachisi Arda Gyuler "Barselona"dan bo‘lgan qiziqish va nima uchun aynan "qirollik klubi"ni tanlagani haqida fikr bildirdi.
"Ta’tilda bo‘lganimda otam menga qo‘ng‘iroq qilib: "Real" seni sotib olmoqchi", dedi. Men juda hayajonlandim! Bu mening bolalikdagi orzum edi, shuning uchun men o‘z tanlovimga ishonardim", - dedi futbolchi intervyuda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda futbolchi uchun kurashda "Barselona" favorit edi, lekin futbolchi Madrid klubi bilan shartnoma imzolagandi.
Fikrlar