
Gvardiola transfer bozorini “portlatmoqchi”!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonish uchun jamoaning hujumkorligini kuchaytirish lozim, deb hisoblaydi.
Shuning uchun “shaharliklar” yozda ikkita yulduzni transfer qilishni mo‘ljallayapti. Asosiy nishon sifatida “Borussiya” to‘purari Erling Xoland belgilangan.
Shuningdek, Gvardiola maydon markazidagi ustunlikni ta’minlash va hujumlar tashkil etish vazifasini “Barselona” vakili Frenki de Yongga topshirmoqchi. Bu haqda Britaniyadagi mashhur The Sun nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Xoland “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tish bo‘yicha dastlabki roziligini bergan. Gvardiola norvegiyalik hujumchining kelishiga shubha qilmayapti.
“Shaharliklar” yozda “Barselona” mutasaddilarini niderlandiyalik yarim himoyachini sotib yuborishga kndirishiga ham ishonyapmoqda.
Fikrlar