Gvardiola rafiqasi bilan nega ajrashgani ma’lum bo‘ldi

  • 16 yanvar, 19:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 30 yillik munosabatlardan so‘ng rafiqasi Kristina Serra bilan ajrashdi. "Mamarazzi" podkastida jurnalistlar Lorena Vaskes va Laura Fa ushbu shov-shuvli ajralish sabablarini ochiqlashdi.

Tecno

"2022-yil sentyabr oyidan boshlab Kristina Manchesterda ko‘rinmay qoldi. Uning Gvardiolaga bildirgan da’volaridan biri uning ishiga haddan tashqari berilib ketgani edi. Pep uchun futbol butun dunyo edi, va ehtimol Kristina hayotini boshqa joyga ko‘chirish zarurligini his qilgan. Dekabr oyida ular farzandlari bilan Barselonada Rojdestvo nishonlamoqchi bo‘lishgan. Aynan o‘shanda, Kristina ajralish qarorini qabul qilgan," — deydi Vaskes.

"Pep klubdan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. U BAAga ko‘chishni o‘ylardi va "Manchester Siti" shartnomani uzaytirmoqchi emasdi. Agar shunday qilganida, rafiqasi bilan munosabatlarni tiklash imkoniyati bo‘lardi. Biroq Gvardiola shartnomani uzaytirishga qaror qilganidan so‘ng, Kristina ajrashishga amin bo‘lgan" — dedi Laura Fa.

Shu bilan birga, podkastda Gvardiola va Serra kelajakda yana yarashish ehtimoli borligi ta’kidlandi. Bu fikrni ularning yaqin do‘stlari bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!