Gvardiola qiyin tanlov qilishi kerak

  • 5 fevral, 22:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transfer oynasida "Manchester Siti" to‘rtta yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Jamoa tarkibiga himoyachilar Abduqodir Husanov va Vitor Reys, yarim himoyachi Niko Gonsales hamda hujumchi Omar Marmush qo‘shildi.

Tecno

Chempionlar Ligasi qoidalariga ko‘ra, umumiy bosqichdan so‘ng har bir jamoa pley-off bosqichi uchun faqat uchta yangi futbolchini ro‘yxatga kiritishi mumkin. Shu sababli, "Manchester Siti"ning yangi futbolchilaridan biri ushbu turnirda ishtirok eta olmaydi. Xosep Gvardiola muhim qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumki, allaqachon Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida "Manchester Siti"ning raqibi "Real" bo‘lishi aniq. Ushbu uchrashuvlar 11 va 19-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!