
Gvardiola pley-offdagi raqiblari haqida: "Biri bu musobaqaning qiroli"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichidagi raqiblari "Real Madrid" va "Bavariya" haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Xabaringiz bor, kecha "shaharliklar" EChLning so‘nggi tur bellashuvida "Bryugge" ustidan irodali tarzda 3:1 hisobida zafar quchdi. Ushbu g‘alaba manchesterliklarni keyingi bosqichga yo‘l olishini ta’minladi. Pley-off bosqichida esa Gvardiola shogirdlarini Ispaniyaning "Real Madrid" yoki Germaniyaning "Bavariya" klublari kutib turibdi.
"Real" yoki "Bavariya"? Biri bu musobaqaning qiroli hisoblanadi. boshqasi esa qirollar ichida ikkinchi yoki uchinchisidir.
Shuni ham ta’kidlashim kerak, o‘yingacha hali 2 hafta bor. Albatta, ko‘p futbolchilarimiz safga qaytgan bo‘lishadi. Ishonchim komilki, biz "qaymoqranglilar"ga yoki nemislarga muammolar yarata olamiz. Nimadir qila olishimizga esa aminman, chunki o‘yinchilarim o‘ziga xos. Biz albatta mazkur uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz"- deya aytib o‘tdi 54 yoshli murabbiy.
Fikrlar