Gvardiola o‘rniga uchta murabbiy!

  • 30 may, 2024, 22:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelasi yozda shartnomasi tugaganidan keyin klubni tark etishi mumkin.

Tecno

Klub rahbariyati ispan mutaxassisining ketishiga hozirdan tayyorlanyapti. Ular kelajakda jamoani boshqarishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar ro‘yxatini tuzib qo‘ydi.

Jurnalist Jek Gauganning yozishicha, “shaharliklar” Xosep Gvardiolaga o‘rinbosar sifatida uch nafar murabbiy nomzodini belgiladi.

Unga ko‘ra, manchesterliklar Germaniya terma jamoasini boshqarayotgan Yulian Nagelsmann, “Bayer”ni birinchi marta chempion qilgan Xabi Alonso va “Jirona”ni ilk bor Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqqan Michel bilan muzokara olib borishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!