
Gvardiola jamoaning eng katta muammosi haqida gapirdi
“Manchester Siti” jamoasi joriy mavsumda ham o‘zi ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g‘oliblik uchun kuch sinashadi.
Garchi engilmas ko‘rinsa-da, “shaharliklar” ham muammolarga echim topishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bosh murabbiy Xosep Gvardiola o‘zi duch kelayotgan eng katta kamchiliklar haqida gapirdi.
- Bizda muammo etarli, lekin men “jarohat olganlar ko‘p”, deb nolimayman. Borimiz shu. Kim safda bo‘lsa, shular bilan o‘ynaymiz. Mentalitetimiz shunaqa.
Biz haqiqatan besh nafar muhim o‘yinchini yo‘qotdik. Ularning o‘rnini uzoq muddat davomida bosish etarlicha qiyinchilik tug‘diradi, - dedi Xosep Gvardiola.
Chempionlar ligasi doirasida “Tsrvena Zvezda”ga qarshi bahsda Bernardu Silva jarohat oldi. Ungacha Kevin de Bryuyne, Jek Grilish, Mateo Kovachich va Jon Stouns kabi etakchi futbolchilar safdan chiqqan edi.
Fikrlar