
Gvardiola: "Jamoa ham himoyada, ham hujumda juda yaxshi o‘ynadi"
"Manchester Siti" Chempionlar ligasining ilk turida "Napoli"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan keyin "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z fikrlarini bildirdi.
Jamoaning o‘yini haqida:
"Italiya jamoalari himoyada juda kuchli. Shuningdek, g‘alabadan juda mamnunman. Jamoa ham himoyada, ham hujumda yaxshi o‘ynadi. Futbolchilarning holati ijobiy – bu meni xursand qildi".
Xoland haqida:
"Raqamlarning o‘zi hammasini ko‘rsatib turibdi. U van Nistelroy va Levandovski qatoridan joy olgan, Messi va Ronaldu rekordlariga yaqinlashmoqda. Gol urishda aql bovar qilmas darajada kuchli".
Doku haqida:
"Tor zonalarda uni to‘xtatishning iloji yo‘q. Bugun esa golli harakati bilan o‘yinini cho‘qqiga olib chiqdi".
O'Rayli haqida:
"U yuqori darajadagi futbolchi. Uch-to‘rt pozitsiyada o‘ynay oladi. Umid qilamanki, u uzoq yillar davomida bizning futbolchimiz bo‘ladi".
Foden haqida:
"Fil qo‘llab-quvvatlovni his qilsa, eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatadi. U xursand bo‘lsa, o‘z iste’dodini to‘liq namoyon etadi".
Rodri haqida:
"O‘yin davomida almashtirishni so‘radi, ammo hozir o‘zini yaxshi his qilmoqda", - dedi mutaxassis.
Fikrlar