Gvardiola himoyachining qilig‘idan qattiq ranjidi

  • 6 fevral, 11:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqingacha “Manchester Siti”ga sardorlik qilgan Kayl Uoker ijara asosida “Milan”ga o‘tdi. 34 yoshli futbolchining ketish oldidan qilgan ishi bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga yoqmadi.

Tecno

The Athletic nashrining yozishicha, angliyalik futbolchi klubdan ketishi haqidagi qarorni birinchi bo‘lib bosh murabbiyga aytish o‘rniga, klub sport direktori Chiki Begiristayn bilan muhokama qilgan. Bu holat ispaniyalik mutaxassisning jahlini chiqardi.

Kayl aslida “Sheffild Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida “Nortgempton Taun”, “Tottenxem”, “Kuinz Park Reynjers” va “Aston Villa” jamoalarida ham o‘ynagan.

“Manchester Siti” bu futbolchini aynan Xosep Gvardiola boshqaruv davrida, ya’ni 2017 yili transfer qilgan edi. Kayl klublar miqyosidagi barcha sovrinlarini aynan “shaharliklar” bilan birga qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Uoker Angliya milliy terma jamoasi safida 93 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari bitta gol ham urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!