Gvardiola: "Hammasi bundan ham yomon bo‘lishi mumkin edi"

  • 25 aprel, 19:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Nottingem Forest"ga  qarshi bahsdan oldin o‘z fikrlarini bildirdi. 

"Angliya Kubogi finaliga chiqish yoki EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirtishimizdan qat’i nazar, mavsum yaxshi o‘tmayapti.
Mening nuqtai nazarimda, mavsumning yaxshi o‘tganini belgilaydigan narsa har doim Premer-liga. Ammo joriy yilda bizning natijalarimiz  qoniqarli emas. Lekin bundan ham battar bo‘lishi mumkin, to‘g‘rimi?! Hozirgidek 5, 4 yoki 3-o‘rinda bo‘lishimiz yoki bundan ham battar bo‘lishi mumkin edi. Bizda ketma-ket uch marta Angliya Kubogi finaliga chiqish imoniyati bor. Lekin biz buni amalga oshirish uchun jiddiy va kuchli raqib to‘sig‘idan o‘tishimiz talab qilinadi."

"Angliya Kubogida g‘alaba qozonish bizga avvalgi holatimizga qaytganimizni anglatmaydi. Chempionlik ikki kundan keyin unutiladi. Kubokni qo‘lga kiritsak, muxlislarimiz uchun xursand bo‘lamiz. Lekin qancha sovrin yutish muhim emas. Ayni paytda jadvalda uchinchi o‘rindamiz. Biz hatto g‘alaba qozongan uchrashuvlarimizda ham zaif va mukammal o‘yin ko‘rsatmagan edik. Menda shunday ishonch borki, keyingi mavsumda biz yaxshiroq bo‘lamiz, boshqalar bilan raqobatlashamiz, kim ekanligimizni ko‘rsatamiz. Men APLda g‘alaba qozonamiz, EChL, Angliya Kubogi yoki Karabao Kubogining so‘nggi bosqichlariga etib boramiz, demoqchi emasman, chunki bizda dam olgani vaqt bo‘lmaydi. Lekin o‘ylaymanki, futbolchilarim munosib o‘yin ko‘rsatishadi" - dedi murabbiy. 

Ma’lumot uchun, ushbu to‘qnashuv 27 aprel kuni Toshkent vaqti 20:30 boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!