Gvardiola Donnarumma kelganidan xavotirga tushgan Traffordni tinchlantirdi

  • 16 sentabr, 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar davrida “Manchester Siti”da jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, jamoaning asosiy darvozaboni Ederson Turkiya chempionatiga yo‘l oldi.

Tecno

“Shaharliklar” 31 yoshli braziliyalik posbon o‘rnini Jeyms Trafford va Janluiji Donnarumma bilan kuchaytirdi.

Klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan va “Byornli”dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin Manchesterga qaytarilgan Jeyms Trafford kelishi bilan asosiy darvozabon maqomini o‘ziniki qilib olgandi.

Ammo “shaharliklar” jahonning eng zo‘r darvozabonlaridan hisoblangan Janluiji Donnarummani qo‘lga kiritganidan keyin Trafford kelajagidan xavotirga tusha boshladi.

Bunga bosh murabbiy Xosep Gvardiola munosabat bildirdi.

- Trafford  ham “Manchester Siti” darvozaboni. Men maydonga faqat bitta posbonni tushira olaman. Ammo mavsum uzoq davom etadi. Shu bois, xavotirga o‘rin yo‘q, hamma futbolchiga o‘yin vaqti beriladi.

Balki ular orasida bunga ishonmayotganlar bordir, bari gapim rostligiga amin bo‘lishadi, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!