
Grizmann Messining yordamiga muhtoj. Leo nima deydi?
“Barselona”da o‘z o‘rnini topa olmayotgan Antuan Grizmannga faqatgina Lionel Messi yordam berishi mumkinligi aytilmoqda.
Gap shundaki, jamoa bosh murabbii Kike Seten frantsiyalik hujumchiga etarlicha o‘yin vaqtini taqdim etmoqchi emas. U Luis Suares va Messi juftligini o‘ynatmoqchi. Grizmann bilan Messi o‘ynagan uchrashuvlarda bu ikki futbolchi o‘zaro beshta gol urishga erishgan.
Grizmanning yaqinlari jamoa murabbiylari unga yosh futbolchidek munosabat qilayotganidan ranjimoqda. Ular bu vaziyatda faqat jamoa sardoriga suyanish mumkinligini aytishmoqda. Buning uchun Messi Grizmanni qo‘llab-quvatlab, jamoaga kirishib ketishiga yordam berishi kerak. Biroq, Messi hali Grizmannga yordam qo‘lini cho‘zgani yo‘q.
Fikrlar