Grizmann "Atletiko"ni tark etishi borasida nimalar dedi?

  • 15 may, 2019, 08:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi xujumchisi Antuan Grizmann mavsum yakunida jamoani tark etishi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Diego Simeone va klub rahbariyati bilan suhbatlashib, muxlislarga jamoani tark etishga qaror qabul qilganimni e’lon qilishim darkorligini tushunib etdim. Men yangi cho‘qqilarni zabt etishni hohlayman.

Albatta, bu borada ko‘p fikr yuritganman, "Atletiko" safida katta turnirlarda g‘alaba qozonganman va bu uchun ushbu klubga minnatdorchiligimni bildiraman.

"Vanda Metropolitano" hamda mehmon bo‘lgan uchrashuvlarimizda bor kuchimni berib mehnat qilganimdan juda xursandman, deya Grizmanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi klub rasmiy tvitteri.

Ilgariroq, "Barselona" 28 yoshli futbolchining transferini amalga oshirishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!