Gretsiya Superligasi. Masharipov debyut qilgan bahsda "Panserraikos"ni ayab o‘tirishmadi

  • 30 oktabr, 2023, 02:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gretsiya Superligasi 9-turidan o‘rin olgan "Panatinaikos" - "Panserraikos" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar yirik 5:0 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

Bellashuvda gollarga Shporar (dubl), Chovan (avtogol), Cherin va Manchini mualliflik qildi. Mehmonlar gol urishga muvaffaq bo‘lmadi. "Panserraikos" safida hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. 

Ma’lumot o‘rnida, Masharipov jamoasi ayni payt 9 ochko bilan 8-pog‘onani band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!