
"Great Silk Way-2024" turnirining dastlabki oltin va kumush medallari naqd qilindi
Xabaringiz bor, Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha "Great Silk Way-2024" turniri davom etayapti. Bugun hal qiluvchi bahslar start oladi. Ba’zi vazn toifalarida o‘zbekistonlik bokschilarning qarama-qarshiligini kuzatishimiz kerak edi. Biroq, shunday bahslarning ikkitasi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. -75 kgda Saidjamshid Jafarov - Javohir Ummataliev o‘rtasidagi bahsda, Saidjamshid oltin medalga, Ummataliev bo‘lsa kumush medalga ega chiqishdi.
+92 kg vaznda esa Bahodir Jalolov turnirni oltin medal bilan, Jahongir Zokirov bo‘lsa kumush bilan yakunladilar.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar