Grand klub nazariga tushgan Husanovning narxi 100 baravar oshdi!

  • 20 oktabr, 2024, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada Aduqodir Husanov ko‘p muhokama qilinmoqda. Ko‘pchilikni atigi 100 ming evroga transfer qilingan yosh o‘yinchining bir yil ichida Evropada 23 yoshgacha bo‘lgan eng zo‘rri ikki himoyachidan biri bo‘lgani, Frantsiya chempionatida eng ishonchli markaziy himoyachi sifatida nom qozongani qiziqtirib qo‘ydi.

Tecno

“Lans” o‘zbek futbolchisi uchun Belarusning “Energetik-BGU” jamoasiga to‘lagan 100 ming evro Evropada ayrim o‘yinchilarning bir haftalik maoshidan ham kam aslida.

Abduqodir Husanov Evropada faqatgina qimmatbaho transferlar ish beradi, degan tushunchani o‘zgartirib yubordi. Shu bilar birga legionerimizning transfer summasi ham keskin ko‘tarila boshladi.

Sports.uz portali Evropa va Frantsiya manbalarining Abduqodir Husanov haqidagi ma’lumotlarini o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola etadi.

Faben Shorle, butfootballclub.fr sayti eksperti:

2023 yilning yozida 100 ming evro evaziga Belarusning “Energetik-BGU” klubidan “Lans”ga hali hech kim tanimaydigan Abduqodir Husanov keldi. Debyut mavsumida 15 marotaba maydonga tushganiga qaramay, har bir uchrashuvda o‘zini ko‘rsata oldi.

Yangi mavsum boshida Kevin Dansoning yo‘qligidan unumli foydalangan o‘zbek legioneri “Lans”ning uch kishilik himoya chizig‘ida asosiy figuraga aylanib oldi.

Taniqli insayder Muhammad Tubash-Ter Abduqodir Husanov Frantsiya chempioni “Pari Sen-Jermen” nazariga tushganini yozdi. Bu orada Transfermarkt portali 20 yoshli futbolchining transfer narxi 5 million evroga ko‘tarilganini e’lon qildi.

Evropaning eng nufuzli nashrlaridan L'Équipe o‘zbek legionerining transfer summasi uning “Lans”ga olib kelingan 100 ming evrodan 100 baravar oshib, bugungi kunda Frantsiya transfer bozorida 10 million evroni tashkil qilayotganini yozmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Husanovning “Lans”dagi ishonchli o‘yinlari ortidan uning  transfer summasi 10 million evrodan ham o‘tishi kutilyapti.

Arno De Kanel, le10sport.com sayti eksperti:

Abduqodir Husanov yangi mavsumning haqiqiy kashfiyotiga aylandi va “Lans” asosiy tarkibidagi joyini mustahkamlab oldi. 20 yoshli o‘zbek o‘z pozitsiyada Evropaning eng zo‘r o‘yinchilari qatorida zikr etilmoqda.

Atigi 100 ming evro evaziga olib kelingan bu futbolchi tez orada katta transfer daromadi manbasiga aylanishi shubhasiz.

Kevin Danso yo‘qligidan unumli foydalanib qolgan kamtargina Abduqodir Husanov o‘z mehnatlari bilan “Lans” asosiy tarkibida o‘ziga joy ochdi.

 

Ko‘pchilikning yosh o‘yinchining har qanday holatda ham xotirjam harakat qilishi, yakkakurashlarda raqiblariga imkon bermasligi, “Lans”ni katta marralarga etaklashga qodirligi hayratga solmoqda.

Husanov mavsum boshidanoq bir necha o‘yinda Evropaning “top-5” ligalaridagi eng yaxshi yosh himoyachilardan ekanini namoyish qila oldi. Bu futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, tez orada grand klublar orasida talash bo‘ladigan ko‘rinadi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, “Lans” o‘zi uchun Abduqodir Husanov ortidan katta muvaffaqiyatni kafolatlab bo‘lgan.

Chunki nufuzli manbalar bu o‘yinchining narxi bir yil ichida yuz baravar oshganini tasdiqlamoqda. Futbol ekspertlaridan Gregori Till bu Husanovning profilini ko‘rganida va yuqori salohiyatga ega futbolchi 100 ming evroga olinganini bilganida yoqa ushlab, hayratga tushgan edi.

Endi mavsum oxiriga qadar Husanovning transfer narxi yana sezilarli darajada oshadi va bu “Lans”ning foydasiga ishlaydi.

 

Bu ish amalga oshsa, Fayzullaevning narxi ko‘tarilib ketadi!

Husanov grand klublar “o‘ljasi”ga aylanyapti!

Husanov “Lans”ni “tupik”ka tiqib qo‘ydi!

O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishi “kafolatlandi”

Husanovda o‘zgarish bo‘lishi kutilyapti

O‘zbekiston himoyasini mustahkam ushlab turgan Husanovning o‘yini Evropada qanday baholanyapti?

 

Narxi 5 million evroga etgan Husanov qachon grand klubga o‘tadi?

Rossiyada O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishiga ishonishyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!