
Godin, Ximenes va Bentankur Urugvay mashg‘ulotlariga qo‘shildi
Termamizning dastlabki raqibi - Urugvay terma jamoasi mahalliy chempionatda o‘ynovchi futbolchilar bilan Xitoyga etib borishgan edi. Bugundan esa Evropa qit’asida to‘p suradigan ko‘plab futbolchilar terma jamoa lageriga kelib qo‘shilmoqda.
Jumladan bugun Diego Godin, Xose Mariya Ximenes, Jonatan Rodriges, Jorjian De Arraskaeta, Maksi Gomes, Federiko Valverde, Kristian Stuani, Marselo Sarachchi, Matias Suares, Diego Laksalt, Gaston Pereyra, Sebastyan Kouts, Rodrigo Bentankur, Matias Vesino va Martin Kasereslar Xitoyga etib borishdi.
Ertaga esa Martin Kampanya, Naxitan Nandes va Jovanni Gonsaleslarning kelishi bilan jamoa 22 kishi bo‘ladi va O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun to‘liq tarkibda umumiy guruh mashg‘ulotlari boshlanadi.
Fikrlar