
Germaniya o‘ziga o‘xshamayapti
Germaniya terma jamoasi so‘nggi 5 o‘yinning bor yo‘g‘i bittasida g‘alaba qozondi.
Xans-Diter Flik shogirdlari jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan bahsda Ispaniya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Shuningdek, 23 sentyabrdan boshlab nemislar Vengriya va Yaponiyaga yutqazdi, Angliya bilan esa murosa ko‘chasini tanladi. Yagona g‘alaba Ummon bilan o‘rtoqlik uchrashuvida qo‘lga kiritildi.
Germaniya oxirgi turni 1 dekabr kuni Kosta-Rikaga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar