Germaniya afsonasi Virtsga qaysi klubda o‘ynash kerakligini aytdi

  • 1 sentabr, 2024, 13:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” klubi sobiq futbolchisi Lotar Matteus “Bayer” yarim himoyachisi Florian Virtsga kelajakdagi faoliyati borasida maslahat berdi.

Tecno

“Virts 2026 yilgi jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Buni yangi klubda emas, balki tanish muhitda qilish osonroq bo‘ladi. Shuning uchun men unga 2026 yilgacha "Bayer"da qolishni maslahat beraman. Shunda u endigina 23 yoshda bo‘ladi, uning faoliyati hali oldinda”, - dedi nemis futboli afsonasi.

O‘tgan mavsumda Florian leverkuzenliklar safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgan  va 20 golli uzatma amalga oshirgan. 21 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan va uning bozor narxi 130 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!