Gazizov O‘runov transferi haqida katta sirni ochdi!

  • 22 fevral, 2022, 15:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spartak" sobiq bosh direktori Shamil Gazizov klub Oston O‘runov bilan nega shartnoma imzolagani haqida gapirdi.

Tecno

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shaxsan jamoa xo‘jayini Leonid Fedunning tashabbusi bo‘lgan. "Buni Fedun xohlagan edi. U aloqaga chiqib, qaysi futbolchilarni tavsiya qila olishimni so‘radi. Men Belenov, Fomin, Nedelcharu, Tabidze va O‘runov variantlarini tavsiya qildim. U esa, ro‘yxatdan Ostonni tanladi.

Bu ikkalamiz uchun ham ma’qul bo‘lgani uchun shartnoma imzoladik. Muzokaralar qiyin kechdi. Uni "Spartak"dan tashqari TsSKA va "Rubin" ham sotib olmoqchi edi. Hatto, O‘zbekistonda uning transferiga aralashish uchun oilasiga bosim o‘tkazilgan. Men Leonid Arnoldovich bilan gaplashib, bu muammoni hal etishni so‘ragandim",-dedi Gazizov.

Legionerimiz "Ufa" tarkibidagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng moskvaliklar safiga qo‘chib o‘tgan, ammo omadsiz mavsum natijasida yana Boshqirdiston klubiga qaytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!