
"Garov o‘ynayman, Messi PSJ bilan EChLni yuta olmaydi"
PSJ hujumchisi Lionel Messi yangi jamoasi bilan Chempionlar Ligasida chempion bo‘la olmaydi. "Kristal Pelas"ning sobiq egasi Saymon Jordan shunday fikr bildirmoqda.
"Bu oqilona, qonuniy transfermi? Ha, ehtimol. Biz haligacha Leoni 26 yoshli futbol yulduzi, deb o‘ylayapmiz. U PSJ bilan EChLni yuta oladimi? Garov o‘ynayman, yo‘q", - dedi Jordan.
Eslatib o‘tamiz, Messi Parij klubiga "Barselona"dan erkin agent maqomida kelib qo‘shildi va 2 yillik shartnoma imzoladi. Leo parijliklar safida yiliga 35 million evro maosh oladi.
Fikrlar