
G‘aniev gol urgan o‘yinda "Al Ahli" kichik kambek amalga oshirdi
Birlashgan Arab Amirliklari Pro-Ligasi 25-turidan o‘rin olgan "Shabab Al Ahli" - "Bani Yas" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Ivkovich 61-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay G‘aniev javob golini urdi. 74-daqiqada Gassani jamoasini oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, "Shabab Al-Ahli" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 54 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar