"Galatasaray" Moratani qo‘yib yuborishga rozilik berdi

  • 7 avgust, 03:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Galatasaray" klubi "Milan" hujumchisi Alvaro Morataning ijara shartnomasini bekor qilish uchun 6 million evro talab qilayotgan edi. Bu futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga "Komo" qiziqish bildirgan. Chorshanba kuni oxirgi muddat hisoblanib, undan keyin bitim amalga oshmasligi mumkin edi. 
 
"Sky Sport Italia" nashrining xabar berishicha, bugun tomonlar ispaniyalik forvardning Fabregas boshchiligidagi jamoaga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Turkiya klubi 3 million evro oladi, shuningdek, qo‘shimcha bonuslar ham ko‘zda tutilgan. "Komo" esa "Milan"ga 12 million evro to‘laydi. 

Tecno

Alvaro Morata of Spain misses the team's fourth penalty in the penalty shootout during the UEFA Nations League final 2025 match between Spain and...
 
Morata turkiya chempionatida yarim yil davomida 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi. Uning batafsil statistikasi bilan bu erda tanishishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!