GAISF vitse-prezidenti Stefan Foks Toshkentga tashrif buyurdi

  • 8 may, 2022, 22:34
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Hech kimga sir emaski, Olimpiya harakati ko‘plab sport turlarini birlashtiradi, ammo ba’zi mashhur intizomlar hali ham o‘yinlar dasturidan tashqarida.

Tecno

Shuning uchun Xalqaro sport tashkilotlarining Butunjahon assotsiatsiyasi (GAISF) – xalqaro federatsiyalarni, ko‘p sport o‘yinlari tashkiliy qo‘mitalari va boshqalarni birlashtirgan global tashkilot mavjud. GAISF vitse-prezidenti (shuningdek, AIMS va UTS prezidenti) Stefan Foks shu haftada Toshkentga Osiyo Olimpiya Kengashi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishining faxriy mehmoni sifatida tashrif buyurdi.

O‘tmishda muay-tay bo‘yicha jahon chempioni va hozirda Xalqaro muay-tay federatsiyasi Bosh kotibi bo‘lgan Stefan Foks tay boksining jahon miqyosida ommalashishi, shuningdek, samboning rivojlanishi uchun ko‘p ishlarni amalga oshirgan. Umid qilamizki, O‘zbekistonning ana shunday do‘stlari tufayli kurashimiz ham yangi marralarni zabt etadi.

photo_2022-05-08_18-53-41 (3)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!