Gabriel Rosado: "Bektemirni testdan o‘tkazishga tayyorman"

  • 5 aprel, 2023, 17:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev 22 aprel kuni Las Vegas shahrida Gabriel Rosadoga qarshi revansh jangini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Rosado ushbu bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Zurdo (Gilberto Ramires) bilan jangning bekor bo‘lgani yomon bo‘ldi, lekin endi Bekka qarshi yilning eng yaxshi boks oqshomida jang bo‘ladi. Men bor diqqatimni jamlaganman va Bekni yana testdan o‘tkazishga tayyorman. Ushbu tarixiy boks oqshomining bir bo‘lagida jang qilishni intizorlik bilan kutmoqdaman va yana "The Bully"ni o‘z nazoratimda ushlashni reja qilaman",-deydi Rosado. 
 
Eslatib o‘tamiz, kechaning markaziy bahsida engil vazn yulduzlari Jervonta Devis va Rayan Garsiya o‘zaro to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!