Futzal. Osiyo kubogida ishtirok etadigan O‘zbekiston joy olgan guruh va musobaqa taqvimi ma’lum

  • 11 avgust, 2022, 10:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogiga Quvayt mamlakati mezbonlik qilishidan xabaringiz bor. Musobaqa 27 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Tecno

Ushbu turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz "B" guruhidan joy olgan bo‘lib, ushbu guruhda Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston termalariga qarshi bahs olib boradi. 

Ilk o‘yinimiz 27 sentyabr kuni Turkmanistonga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi tur doirasida 29 sentyabr sanasida Tojikiston bilan kuch sinashilsa, guruh bosqichining oxirgi o‘yini 1 oktyabrda Bahraynga qarshi bahs bilan yakun topadi. 

osiyokubogi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!