
Futzal. Jahon chempionati kubogi Janubiy Amerikaga yo‘l oladigan bo‘ldi!
Yurtimiz mezbonligida o‘tayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi yarim final uchrashuvi yakunlandi. Hozirgina poytaxtimizdagi "Humo Arena" saroyida Argentina hamda Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Qiziqarli va shiddatli kechgan bahs 3:2 hisobida Argentina terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa Janubiy Amerikaning ikki vakili mundial finalida g‘oliblik uchun bahs olib boradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Braziliya terma jamoasi dastlabki yarim final bahsida Ukraina ustidan g‘alabaga erishib, final yo‘llanmasiga erishgan edi.
Ukraina va Frantsiya o‘rtasidagi 3-o‘rin kechadigan bahs 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Braziliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi final uchrashuvi 6 oktyabr sanasiga belgilangan.
Fikrlar