Futbolchilar Neymarni “Real”ga olib kelishni talab qilmoqda

  • 7 may, 2023, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya kubogida “Real” g‘alabasini ta’minlagan braziliyalik futbolchilar klub rahbariyatidan hamyurtlari Neymarni transfer qilishni so‘ramoqda.

Tecno

Ispaniya kubogining finalida Rodrigoning dubli va Vinisius Juniorning assisti madridliklarga “Osasuna” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba va bosh sovrinni taqdim qildi.

Todofichaes nashrining yozishicha, Neymarning o‘zi ham PSJda ketishga moyil bo‘lib turibdi va “Real”da qimmatbaho yulduzni o‘z safiga qo‘shib olish imkoni bor.

“Real” vakillaridan Vinisius Junior, Rodrigo va Eder Militao Braziliya terma jamoasida Neymar bilan juda yaxshi munosabatda. Ular 31 yoshli to‘purar Madridda to‘p tepishini istayapti.

Hozircha, “Qirollik klubi”da Neymar bo‘yicha aniq reja yo‘q. Lekin bir guruh o‘yinchilarning talabi bu transferni amalga oshirishga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, klub xo‘jayini Florentino Peres ilgari Neymarni transfer qilish istagini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!