Frensis Ngannu: "Faoliyatimni tugatishdan oldin, albatta, mana shu bokschi bilan jang qilishni istardim"

  • 20 noyabr, 2024, 16:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasida PFL chempioni Frensis Ngannu sobiq jahon chempioni Deontay Uaylderga qarshi boks qoidalariga ko‘ra jang qilmoqchi.

Tecno

"Ha, Uaylder bilan bahs hali ham men uchun juda qiziq. So‘nggi suhbatimizdan beri hech narsa o‘zgarmadi, ammo menda faoliyatimni yakunlashimdan oldin, albatta,  Deontay bilan kurashishni istardim. Bir-ikki oy kutaman, ko‘ramiz, PFL menga biror taklif berarmikan. Shunga qarab keyingi rejalarimni belgilayman”, - dedi Ngannu "TM3 Sports" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 20 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan PFL turnirida Frensis Ngannu 1-raundda Renan Fereyrani texnik nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!