
Frantsuzlar Mbappening ustidan kulyapti
PSJ va Frantsiya terma jamoasida o‘ynagan mashhur futbolchi Jerom Roten “Real” Evropa Chempionlar ligasini tark etganidan keyin jamoa etakchisi Kilian Mbappeni tanqid qildi.
Sobiq futbolchi o‘z hamyurti PSJni tark etgani katta xato bo‘lganini ta’kidladi.
- Odamlar Kilian Mbappeni muhokama qilmoqda. Bu futbolchi barcha sovrinlar, xususan Evropa Chempionlar ligasi chempionligini qo‘lga kiritish uchun orzusidagi jamoa – “Real”ga ko‘chib o‘tgan edi. Mbappe madridliklar safiga dunyoning eng zo‘r o‘yinchilari qatoriga qo‘shilish va “Oltin to‘p”ni yutish uchun o‘tgan.
Odatda, yangi jamoaga o‘tganingda moslashish uchun vaqt beriladi va talab unchalik qattiq bo‘lmaydi. Lekin sen Kilian Mbappe bo‘lsang ko‘nikish vaqti ancha qisqaradi.
Har qanaqasiga olib qaramang, Mbappe uchun mavsum barbod bo‘ldi. Bu mavsum Kilian “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita olmaydi. Mbappe ko‘p gol urayotgan bo‘lsa-da, o‘yini hamon rasvo, - dedi Jerom Roten.
Fikrlar