
Frantsiyadagi himoyachilar Ronalduni “eb qo‘yadi”!
Frantsiya terma jamoasi safida 2018 yili jahon chempioniga aylangan Odil Rami “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni chempionati Liga 1dan kuchli, degan fikriga javob qaytardi.
- Sizlarga Saudiya Arabistonidagi himoyachilarning ahvoli aks etgan videolarni qo‘yib berishimni istaysizlarmi?
Ronaldu aqlbovar qilmas kareraga ega, lekin bu uning har bir gapi haqiqat ekanidan dalolat bermaydi. Bu gaplar shunchaki piar uchun aytilgan, deb o‘ylayman.
Krishtianu “Monako”, “Lill” yoki “Marsel” singari jamoalarga qarshi o‘ynab ko‘rsin. Hech bo‘lmaganda, o‘zining jamoasi bilan “Brest”ga qarshi to‘p tepsin.
Frantsiya Braziliya bilan bir qatorda jahondagi eng katta iste’dodlar fabrikasi hisoblanadi.
Agar Ronaldu oxirgi ikki yilda Liga 1da o‘ynaganida bu liga himoyachilarni uni “eb qo‘ygan” bo‘lardi, - dedi Odil Rami.
Fikrlar