
Frantsiya prezidenti: Germaniya va Frantsiya futbolda ham Evropaning dvigatellaridir
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron UEFA Chempionlar ligasi yarim finaliga ikki frantsuz klubining chiqqani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, "Lion" chorak finalda "Manchester Siti"ni (3:1), PSJ esa “Atalanta”ni (1:2) turnirdan chiqarib yubordi. 1/2 finalga Germaniyadan ham 2 ta klub (“RB Leyptsig” va “Bavariya”) chiqdi.
“Germaniya va Frantsiya xuddi Bryusselda bo‘lgani kabi, maydonda ham Evropaning dvigatellaridir. Seshanba va chorshanba kunlari bo‘ladigan o‘yinlarda Angela Merkel meni frantsuz klublarini qo‘llab-quvvatlashda ayblamaydi deb umid qilaman”, - deydi Makron.
“RB Leyptsig” – PSJ uchrashuvi 18 avgust kuni, “Bavariya” – “Lion” bahsi esa 19 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar