
Fozil Musaevning jamoasida ishlar yaxshi emas
Bugun Yaponiya J ligasida 2-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan “Jubilo Ivata” jamoasi o‘z safarda “Nagoya Grampus”ga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur o‘yinda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi yagona golga braziliyalik Gabriel Xaver mualliflik qildi.
Musaev bugungi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 66-daqiqada zahiraga olindi.
Qayd etish joiz, “Jubilo Ivata” 1-turda “Kavasaki Frontale”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi va ular hozirda turnir jadvalining eng quyi qismini egallab turishibdi.
Yaponiya J ligasi. 2-tur
“Nagoya Grampus” – “Jubilo Ivata” 1:0
Gol: Gabriel Xaver (8).
Fikrlar