
"Footy Rankings": "2025 yilgi mavsumda ham "Nasaf" chempion bo‘ladi"
Xdagi (Tvitter) "Footy Rankings" sahifasi O‘zbekiston Superligasi 2025 yilgi mavsum natijalarini taxmin qildi.
Unga ko‘ra, amaldagi chempion "Nasaf"ning chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli 61 foizga teng deya baholandi. Bu borada OKMKning imkoniyati 27 foiz deya chamalandi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri Pro-ligaga tushib ketish ehtimoli eng yuqori klub sifatida "Sho‘rtan" e’tirof etildi — 64 foiz. Bu borada "Buxoro" va "Mash’al"ning ehtimoli 10 foizga, "Xorazm"niki 6 foizga teng.
Ma’lumot uchun, ayni damda "ajdarlar" 17 ochko bilan etakchi bo‘lib turibdi, "konchilar" esa 16 ochko jamg‘arib ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar