Fodenning Evrodagi omadsiz seriyasi davom etadi

  • 17 iyun, 2024, 05:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Evro-2024"ning birinchi turida Angliya Serbiyaga qarshi o‘ynab, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golni esa 13-daqiqada Jud Bellingem urishga muvaffaq bo‘ldi. 

"Manchester Siti"da ajoyib mavsum o‘tkazgan Fil Foden terma jamoa bilan Germaniyada maydonni "yondir"ishi kutilgandi, lekin 24 yoshli vinger musobaqani yaxshi boshladi, deb bo‘lmaydi. Foden o‘yin davomida darvozaga zarba bermadi va bitta ham dribling qila olmadi. Shu bilan birga, uning krooslari ham o‘xshamadi. Ammo 49 ta aniq pas bergani orqali yaxshi ball to‘play oldi. 

Ma’lumot uchun, Fil ikkinchi marta Evroda ishtirok etmoqda. U bu turnirda gol ham assist ham qayd eta olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!