
Flik qadrlamagan talantni 6 klub talashyapti
“Barselona”ning iste’dodli o‘yinchisi Pablo Torre harchand urinmasin Xans-Diter Flik boshqarayotgani asosiy tarkibga kira olmadi.
Garchi germaniyalik mutaxassis 22 yoshli o‘yinchining mahoratini tan olmagan bo‘lsa-da, Evropaning bir necha klublari unga ish taklif qilyapti.
Manbalarning yozishicha, Ispaniyaning o‘zidan “Sevilya”, “Jirona”, “Valensiya”, “Osasuna” Torreni yozda o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Germaniyaning “Bayoer” va Portugaliyaning “Portu” kabi jamoalari esa, Pabloni Ispaniyadan olib ketmoqchi.
Kataloniyaliklar bu futbolchini 2022 yili “Rasing” klubidan olib kelgan edi. Lekin u “Barsa”dagi ichki raqobatga dosh bera olmayapti. Vaziyatni to‘g‘ri baholagan Torre o‘ziga ko‘proq o‘yin amaliyoti beradigan klubga o‘tmoqchi.
Fikrlar