Flik nega Vernerni Germaniya terma jamoasining bo‘lajak o‘yinlariga chaqirmaganini tushuntirdi

  • 31 avgust, 2023, 16:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Leyptsig” hujumchisi Timo Verner Germaniya terma jamoasining bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etish uchun chaqiruv olmadi. Bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bu qarori haqida izoh berdi. 

Tecno

"Verner o‘z klubida yaxshi formada emas, u muayyan narsalar ustida ishlashi kerak. Agar harakat qilib o‘z fomasiga qaytsa, u jamoaga qaytishi mumkinligiga ishonchim komil", - dedi Flik matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Verner o‘tgan yozda "Chelsi"ni tark etib, "Leyptsig"ga qaytgan edi. 27 yoshli forvard o‘tgan mavsumda Germaniya Bundesligasida 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!