
Flik "Liverpul" hujumchisi "Barsa"ga kelishini xohlamayapti
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yozgi transfer oynasida "Liverpul" hujumchisi Luis Diasni sotib olishga arziydimi yoki yo‘qligiga ishonchi komil emas. Bu haqda "El Nacional" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar murabbiyi "Atletik" vingeri Niko Uilyams yoki "Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman transferiga ustunlik bermoqda.
Kolumbiyalik vingerning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda o‘z yakuniga etadi. Dias kataloniya klubida to‘p surishni orzu qilgani uchun ingliz grandi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Niko Uilyams transferi "Barsa"ga qimmatga tushishi mumkin. Uning bozordagi narxi 70 million evroga baholanmoqda.
Lukman esa, "Bergamoliklar" murabbiyi Jan Piero Gasperini bilan munosabatlari yomonligi sabab, jamoadan zudlik bilan bilan ketmoqchi. Uning shartnomasi 2026 yilning yarmida tugaydi.
Hozirda "Barselona" La Liga turnir jadvalida 66 ochko bilan birinchilikni egallab turibdi.
Fikrlar