Flik jamoa vingerini qaydnomaga kiritmadi

  • 6 fevral, 16:22
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" vingeri Ansu Fati Ispaniya kubogining chorak finalidan o‘rin olgan "Valensiya"ga qarshi o‘yin uchun jamoa qaydnomasiga kiritilmadi.

Tecno

Kataloniyaliklar matbuot xizmati bahsda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Image

Ro‘yxatda 22 yoshli Fati yo‘q. Bunday holat birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Avvalroq, "Barselona" ustozi Xans-Diter Flik futbolchini o‘z rejalarida ko‘rmayotganini ochiq aytgandi.

Joriy mavsumda Fati barcha turnirlarda 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq, futbolchi samarali harakatlar amalga oshirmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!