Fazliddin G‘oibnazarov ertangi jang oldidan "face to face" marosimidan qatnashdi (fotogalereya)

  • 1 dekabr, 2022, 14:25
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Oldin xabar berganimizdek, 2 dekabr kuni Toshkent shahrida joylashgan "Humo Arena"da professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ushbu oqshomda yurtimizning va horijdan kelgan bir qancha charm qo‘lpop ustalari ringga ko‘tariladi. Shuningdek, 63,5 kg vazn toifasida gran-pri turniri yarim final janglari va 72 kgda ham huddi shunday turnirning ilk bosqichi bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, asosiy bahslarda Fazliddin G‘oibnazarov, Jamshid Karimov, Olimpiada o‘yinlari sovrindori, armanistonlik Ovannes Bachkov, irlandiyalik Jono Kerrol kabi bokschilar ringga ko‘tariladi. 

Tecno

Bugun sportchilar o‘rtasida vazn o‘lchash va "face to face" marosimi bo‘lib o‘tdi. Quyida ushbu marosimdan olingan suratlarni tomosha qiling.

Suratlar muallifi: Jasur Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!