
Fayzullaevning ustozini ko‘zini kim ko‘kartirdi? (foto)
TsSKA bosh murabbiyi Marko Nikolich Rossiya Premer-ligasining 12-turidan o‘rin olgan Maxachqal’aning “Dinamo” jamoasi bilan o‘yinga ko‘zi ko‘kargan holda kelgani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Buni quyidagi suratdan ham ko‘rish mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, TsSKA mashg‘ulotlaridan birida futbolchilardan biri serbiyalik murabbiyga urilib ketgan. Oqibatda Nikolichning ko‘zi ko‘kargan. Bu holat bir necha kun avval yuz bergan va hali jarohat izlari tarqalib ulgurmagan.
Marko Nikolich Rossiyadan tashqari Serbiya, Vengriya va Birlashgan Arab Amirliklari jamoalarida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Ilgari Rossiya Premer-ligasida “Lokomotiv”ni boshqargan tajribali mutaxassis TsSKAni o‘tgan yoz qabul qilib olgan edi.
Fikrlar