Fayzullaevning ustozi shogirdi qaysi ligaga borishini aytdi

  • 1 aprel, 06:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston futbolining eng yorqin tarbiyalanuvchilaridan Abbosbek Fayzullaevning Evropaning kuchli ligalardan biriga o‘tishi keyingi yillarda muxlisu mutaxassislar diqqat markazida turgan masalalardan biriga aylanib qoldi.

“Paxtakor”da porlay boshlagan hujumkor futbolchimiz 2023 yilning avgustida TsSKAga transfer qilinganidan keyin Rossiya maydonlarida ham o‘zini ko‘rsatib, Premer-liganing haqiqiy kashfiyoti bo‘ldi va har qanday ligada o‘ynay olish qobiliyatini namoyish qildi.

Eldor Shomurodovning “top-5” ligalaridan Italiya chempionatida o‘ynayotgan va ayniqsa, Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga zo‘r kirishib ketgani o‘zbek futbolchilariga bo‘lgan e’tiborni kuchayishiga turtki bo‘lmoqda.

2025 yilning  yozgi transferlar bozori yaqinlashgani sari Abbosbek Fayzullaevning transferiga oid ma’lumotlar oqimini ham ko‘payib borishi tabiiy hol. Bu jarayon Turkiya Superligasi peshqadami “Galatasaroy”ning Abbosbek Fayzullaevga jiddiy qiziqish bildirayotgani bilan boshlandi. Hali mavsum oxirigacha boshqa da’vogarlar paydo bo‘lishi ham kutilmoqda.

Abbosbek Fayzullaevning birinchi murabbiy Dmitriy An shogirdining qaysi ligada o‘ynamoqchi ekaniga oydinlik kiritib o‘tdi.

- To‘g‘risini aytsam, yaqinda bu masaladi Abbosbek Fayzullaev bilan gaplashgan edik. U Ispaniyaga borishni xohlayapti. Fayzullaevning La Ligada o‘ynash ishtiyoqi juda kuchli.

“Galatasaroy” – Turkiyaning amaldagi chempioni. Bu ham Abbos uchun yaxshi variant.

Biroq bu masalani, ya’ni Abbos jamoaga kerak bo‘ladimi yoki uni qo‘yib yuborish mumkinmi, beni TsSKA rahbariyati hal qiladi.

Takliflar bor ekan, men Abbos uchun xursandman. Uning orzusi ro‘yobga chiqishini istayman. Ispaniyada qanday rivojlanishini ko‘rish nasib qilsin, - dedi Dmitriy An.

Moskva klubi o‘zbek futbolchisini 500 ming evro evaziga qo‘lga kiritgani qayd etilgan. Ayni paytda Fayzullaev “armiyachilar”ning eng qimmatbaho aktivlaridan hisoblanadi.

Rossiya Premer-ligasidagi yorqin o‘yinlari ortidan qisqa fursatda legionerimizning transfer summasi keskin ko‘tarildi. Ayni paytda Abbos TsSKAning eng qimmatbaho uch o‘yinchisidan biri hisoblanadi. Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan  “armiyachilar” orasida Ivan Oblyakov eng qimmat – 9 million evroga baholangan. Keyingi o‘rinlardagi Abbosbek Fayzullaev va Igor Diveevning transfer narxi 8 million evroni tashkil qilmoqda.

Abbosbek Fayzullaev professional futbolchilik faoliyati davomida “Paxtakor”            safida 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga o‘nta gol va uchta assist yozdirib qo‘ygan.

TsSKAga ko‘chib o‘tganidan beri 21 yoshli legionerimiz 59 ta bellashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 21 ta golli pas uzatdi.

Fayzullaev 2023 yilning yozidan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlariga jalb etib kelinadi. Xalqaro maydonda hujumkor futbolchimiz 25 ta bahsda maydonga tushdi, Tojikiston, Qirg‘iziston, Hindiston, Tailand, Qatar, Shimoliy Koreya va Eron darvozalariga jami sakkizta gol urdi va ikkita golli pas uzatdi.

Hamyurtimizning TsSKA klubi bilan imzolangan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar davom etishi belgilab qo‘yilgan.  

Ekspertlar o‘yini qovushmagan Husanovni qanday baholadi?

TsSKA va Fayzullaev Evropadan bo‘layotgan qiziqishga qanday javob berdi?  

Legionerimiz – “Real”ga gol urib ham ishsiz qolish mumkin...

Bosh murabbiy Fayzullaev nechta gol urishini aytdi

Gol urishiga bir bahya qolgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!