Fayzullaevning jamoadoshi kutilmaganda tarkibdan chetlatildi!

  • 13 sentabr, 2024, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ilya Pomazun manfaatlarini himoya qilayotgan futbol agenti Aleksey Safonov TsSKA rahbariyati darvozabonni jamoadan chetlatganin tasdiqladi.

Tecno

Bunga Ilya Pomazunning intervyuda jurnalistlar savoliga javob berib, ashaddiy raqib –  “Spartak”ga o‘tishga tayyorligini ta’kidlagani sabab bo‘ldi.  

- Ha, shunday bo‘ldi. Ilyaga  Nobel Arustamyanga ergan intervyusidagi gaplari klub xo‘jayinlariga yoqmaganini tushuntirishibdi. Transfer oynasining yakuni bo‘lgani uchun bir necha kundan beri u bilan bafurja gaplasha olganim yo‘q.

TsSKAning “Zenit” bilan uchrashuvidan keyin klub rahbariyati bilan gaplashib, masalani echishga harakat qilamiz. Asosiy vazifamiz hech bir tomonga ziyon etkazib qo‘ymaslik.

Bu vaziyatdan shov-shuv yasalishini istamayman. Hozir aybdor qidiradigan payt emas. Bor maqsadimiz darvozabonning mashg‘ulotlarda to‘liq qatnashishini ta’minlash. TsSKAdagilar ham bu o‘yinchi muhim aktiv ekanini tushunib turishibdi. Ilya ham o‘ziga zarar etkazadigan ish qilmaydi, - dedi Aleksey Safonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!