
Fayzullaev "Zenit" ustidan qozonilgan g‘alabadan haqida nimalar dedi?
TsSKA safida o‘ynayotgan legionerimiz Abbosbek Fayzullaev "Zenit"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Rossiya Kubogi RPL Yo‘li final javob o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 2:0 (penaltilar seriyasida 4:3) hisobida yakunlandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, superfinal yo‘llanmasini "armiyachilar" qo‘lga kiritdi.
— "Zenit"dan o‘ch olish muhim bo‘ldimi? Hozir eng muhimi – bu g‘alaba. Biz finaldamiz, barcha muxlislarimizni tabriklayman. Ular – ajoyib, — dedi Fayzullaev uchrashuv yakunlangach.
Rossiya Kubogi superfinalida TsSKAga raqib bo‘ladigan jamoa, "Spartak" – "Rostov" o‘rtasidagi bahs g‘olibi bo‘ladi. Uchrashuv 15 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Hozirgi amaldagi Rossiya Kubogi sohibi Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi hisoblanadi. O‘tgan yilgi superfinalda ular Kaliningradning "Baltika" jamoasini mag‘lub etgandi.
Fikrlar