Fayzullaev meni qattiq xafa qildi

  • 4 noyabr, 2023, 09:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiya kubogi musobaqasining A guruhida so‘nggi uchrashuvda TsSKA futbolchilari o‘z maydonida peshqadam – “Orenburg”ni qabul qilganidan xabaringiz bor.

Ushbu bahsda moskvalik “armiyachilar” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va guruh basg‘larini birinchi o‘rinda yakunlab, kubok uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

TsSKA etakchisiga aylanib qolgan Abbosbek Fayzulaev bu gal ham juda faol o‘ynadi. Legionerimiz hujum uyushtirish,  jamoadoshlariga aniq pas uzatish, raqib darvozasiga xavf solishda mahorat ko‘rsatdi.

Abbos jamoasining ikki golida qatnashdi. Dastlab, raqib jarima maydonchasiga yorib kirgan hamyurtimizni “Orenburg” himoyachisi qoidani buzib, to‘xtatib qoldi. Penaltini aniq bazargan Fyodor Chalov hisobni ochdi. TsSKAning uchinchi goli ham bevosita Abbosbek Fayzullaevning chaqqonligi evaziga kiritildi.

O‘Zbek futbolchisi   kutilmaganda to‘pni bosniyalik himoyachi Renato Goykovichdan olib qo‘ydi va yana Fyodor Chalovni golli pas bilan ta’minladi.

1078206-gabriel-florentin-i-abbosbek-fajzullaev

Renato Goykovich o‘yindan keyin ham Fayzullaevning qilgan ushini unuta olmayotganini tan oldi. Yo‘l qo‘ygan xatosi jamoasiga darvozasining ishg‘ol qilinishi bilan yakunlangani unga qattiq ta’sir qilganini aytdi.

Maydonda tezroq qaror qilishni o‘rganishim kerak ekan. Yo to‘pni orqaga darvozabonga qaytarish, yoki oldinga etkazib berishni tezroq hal qilishim lozim edi.

Men esa, ko‘proq kutib qoldim. Oqibatda Abbos to‘pni “o‘g‘rilab” ketdi.  Juda qattiq xafa bo‘ldim.

Biz keyingi paytda yaxshi o‘ynayapmiz, avval ham shunday edi, butun jamoadagilar o‘zini yaxshi his qilyapti, shuning uchun ham, xato qilib qo‘yganimdan qattiq afsuslandim.

Bosh murabbiy shaxsan  o‘zimni koyigani yo‘q, lekin o‘yindagi xatolarimizga e’tirof bildirdi. TsSKAning gollari bizning xatolarimiz mahsulidir.

Abbosbek Fayzullaevni alohida ko‘rsatgan bo‘lardim. U jeda zo‘r o‘ynadi. Fayzullaev menga yoqadi, - dedi Renato Goykovich.

28 yoshli Renato Goykovich uch yildan beri “Orenburg” jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Bir necha pozitsiyasida o‘ynay oladigan universal himoyachi bungacha o‘z yurtidan tashqari Albaniya va Xorvatiya jamoalari sharafini himoya qilgan.

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi murabbiylar shtabi tajribali o‘yinchini shu yilning oktyabr oyidan boshlab, xalqaro maydondagi o‘yinlarga jalb qila boshladi.

Abbosbek Fayzullaev esa, Rossiya Premer-ligasidagi faoliyatini avgust oyidan boshlagan.

volga (1)

Hozirgacha 20 yoshli legionerimiz barcha turnirlarda 12 marotaba maydonga tushib, bitta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.

O‘runov yana o‘zini xorijdan sinab ko‘rmoqchi

Fayzullaev nega bu jamoani tanladi?

Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldorning yordami katta bo‘ladi!

Fayzullaev O‘runov duch kelgan muammolarga uchramaydi

Fayzullaev, qo‘rqmay bosaver!

Legionerlarimiz chempion “Ordabasi”da qoladimi?

Fayzullaev uchun qiyinchiliklar endi boshlanadi!

Shomurodov qani?

Fayzullaev TsSKA engilmas raqibni qanday yutganini sirini aytdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!