
Farruh Sayfiev: Derbiga tayyormiz
"Terma jamoalar safidan yigitlar bilan yana mashg‘ulotlarga qo‘shildik va o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yubordik. Ayni paytda hozirligimizni 100 foiz deb baholagan bo‘lardim. "Bunyodkor" bilan derbi o‘yinlari azaldan qiziqarli kechadi.
"Bunyodkor"ni yaxshi jamoa deb bilaman. Ularning 1-turda "So‘g‘diyona" bilan kechgan bahsini kuzatdik, iliq taassurot qoldirishdi. "Bunyodkor"ga qarshi haqiqiy derbiga xos o‘yin kutyapmiz. Maqsadimiz chiroyli futbol bilan muxlislarni xursand qilishda davom etish", - deb Sayfievning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.
Fikrlar