Farg‘ona viloyati hokimi "Qo‘qon-1912" mashg‘ulotiga tashrif buyurdi
Bugun "Qo‘qon-1912" jamoasining mashg‘ulotiga Farg‘ona viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon A’zamovich Usmonov, viloyat federatsiyasi ma’sul hodimlari tashrif buyurdilar. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Viloyat hokimi jamoam murabbiylari va futbolchilari bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida Hayrullo Hayitbaevich "Qo‘qon-1912" jamoasining so‘nggi turlardagi "Qizilqum", "Xorazm", "Bunyodkor", OKMK kabi jamoalarga qarshi uchrashuvlarda erishilgan ijobiy natijalardan nafaqat Qo‘qon shahri futbol muxlislari, balki Farg‘ona viloyati futbol ixlosmadlari ham xursand bo‘layotganni ta’kidlab, jamoamiz a’zolariga ushbu natijalar uchun minnatdorchilik bildirdilar. Shuningdek, jamoaning keyingi o‘yinlariga ham omad tiladilar.
"Qo‘qon-1912" yurtimizning eng qadimiy jamoasi ekanligini, futbol vatani ekanligini alohida ta’kdilab o‘tdilar. Ikkinchi davradagi ajoyib o‘yinlarni bardavom bo‘lishini va navbatdagi g‘alabalar bilan viloyat muxlislarini xursand qilishliklari kerakligini aytib o‘tdilar.
Shu qatori, jamoa murabbiylari va futbolchilari viloyat hokimini "Qo‘qon-1912" jamoasiga ko‘rsatayotgan e’tiborlari va yordamlari uchun minnatdorchilik bildirib o‘tishdi.
Uchrashuv davomida jamoaning keyingi o‘yinlardagi rejalari hamda kelasi mavsum rejalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘nggida klub nomidan Andro Giorgadze futbolchilarning dasxati tushirilgan to‘pni sovg‘a qildi. Shuningdek, "Qo‘qon-1912" bosh direktori Akramjon Mamadaliev minnatdorchilik tariqasida jamoaing "10-raqamli" libosini Hayrullo Hayitbaevich Bozorovga taqdim etdi.



Fikrlar