
Fanatlar jamoaga hujum qildi, bosh murabbiy shikastlandi
Serbiya chempionatida noxush voqea sodir bo‘ldi. Mamlakat Superligasining to‘qqizinchi turida “Partizan” o‘z maydonida “Tsrvena Zvezda”ni qabul qildi.
Uchrashuvda mehmonlar ashaddiy raqib ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mag‘lubiyatga chiday olmagan “Partizan” muxlislari bosh murabbiy Aleksandar Stanoevichga hujum uyushtirdi.
- Kiyim alishtirish xonasida xunuk holatlar yuz berdi. Muxlislar “Partizan”ning kiyim alishtirish xonasiga turli buyumlar uloqtirib, hujum qildi. Bosh murabbiy Aleksandar Stanoevich shikastlandi.
Uning qoshini tepasi, burnining usti kesilib ketdi. U jarohat oldi, - deb yozdi Telegraf.rs sayti.
Ta’kidlash lozimki, o‘yindan oldin ham noma’lum shaxslar “Partizan” stadionda o‘t yoqib, maydonga shishi siniqlarini sochib yuborgan edi.
Fikrlar